Men haqimda
Sadriddin Marufjonov
Men Smaruf nomi ostida ishlaydigan mobil dasturchiman (Flutter, Dart, Android, Kotlin). Telegram bot, veb-sayt va serverni ham boshidan oxirigacha o'zim qilaman.
Birinchi ilovamni 2020 yilda Play Store'ga joylaganman. O'shandan beri o'zbek tilida kitoblar, ta'lim va kundalik ehtiyoj ilovalari yaratib kelaman.
Bugun Play Store'da 60 dan ortiq ilovam bor va ularni 2 milliondan ortiq marta o'rnatishgan. Eng ko'p yuklangan loyihalarimdan biri Kitoblar Olami: 80 mingdan ortiq yuklanish.
Mobil ilovalardan tashqari Telegram botlar va veb-saytlar ham yarataman. Ularni serverga joylab, doimiy ishlashini o'zim sozlayman. Python asosida backend va full-stack yo'nalishida ham ishlayman.
Dasturlashni mustaqil o'rganganman. Ilovalarim haqiqiy foydalanuvchilar bilan sinalgan, shuning uchun nima ishlashini va nima ishlamasligini bilaman.
- 2020
- Birinchi ilova Play Store'ga joylandi
- 3 til
- O'zbek (lotin va kirill), ingliz va rus tillarida ilovalar
- Hammasi bir joyda
- Dizayn, dasturlash, server va nashr qilish
Texnologiyalar
Mobil
- Flutter
- Dart
- Kotlin
- Android
- AdMob
- Firebase
Bot va backend
- Python
- aiogram
- FastAPI
Veb
- Next.js
- TypeScript
- Tailwind CSS
Baza va server
- PostgreSQL
- Nginx
- DigitalOcean
- ilova Play Store'da
- 60+ilova Play Store'da
- o'rnatish
- 2M+o'rnatish
- Kitoblar Olami yuklanishi
- 80K+Kitoblar Olami yuklanishi
- faol foydalanuvchi
- 260K+faol foydalanuvchi
Qanday ishlayman
To'g'ridan-to'g'ri aloqa
Siz ijrochining o'zi bilan gaplashasiz, vositachi yo'q.
Oldindan kelishuv
Ish hajmi, muddat va narxni boshida kelishib olamiz.
Jarayonni ko'rsatib boraman
Ish davomida natijani ko'rsataman va fikringizni olaman.
Topshirgandan keyin ham
Mahsulotni joylashtiraman va keyin ham yordam beraman.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Vazifangizni qisqacha yozing. Bir kun ichida javob beraman. Narx kelishuv asosida, dastlabki maslahat bepul.